O‘ZBEKISTONDA TIFLOPEDAGOGIKANING SHAKLLANISHI VA KO‘ZI OJIZ BOLALAR TA’LIMINING RIVOJLANISHI

Authors

  • Author

Abstract

Mazkur maqolada 1925–1990-yillarda O‘zbekistonda ko‘zi ojiz bolalar uchun maxsus ta’lim tizimining shakllanishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Arxiv hujjatlari, statistik ma’lumotlar, maxsus maktab-internatlarning o‘quv rejalari, pedagogik hisobotlar hamda sohaga oid ilmiy adabiyotlar asosida maxsus ta’limning institutsional, pedagogik va ijtimoiy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot natijasida 1925–1940-yillar maxsus ta’lim tizimining shakllanishi, 1941–1960-yillar urush va urushdan keyingi tiklanish sharoitidagi rivojlanish, 1961–1980-yillar pedagogik tizimlashuv va ijtimoiy integratsiya, 1981–1990-yillar esa insonparvarlik tamoyillarining kuchayishi hamda inklyuziv ta’lim unsurlarining yuzaga kelishi davri sifatida tavsiflanadi. Shuningdek, Brayl yozuvining ta’lim jarayoniga joriy etilishi, maxsus maktab-internatlar tarmog‘ining kengayishi, tiflopedagog kadrlarni tayyorlash, mehnat va kasbiy ta’limning rivojlanishi tahlil qilingan. Tizim taraqqiyotiga to‘sqinlik qilgan kadrlar yetishmasligi, Brayl yozuvidagi adabiyotlar tanqisligi, moddiy-texnik ta’minotdagi muammolar va hududlar o‘rtasidagi tafovutlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2025-11-10

How to Cite

O‘ZBEKISTONDA TIFLOPEDAGOGIKANING SHAKLLANISHI VA KO‘ZI OJIZ BOLALAR TA’LIMINING RIVOJLANISHI. (2025). Summit of Scholars Conference Series, 1(01). https://glocon.uz/index.php/sscs/article/view/17