MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI MILLIY IDENTITIKLIGING SHAKLLANISH EVOLYUTSIYASI VA ZAMONAVIY BOSQICHI
Abstract
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlari O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston milliy identikligining shakllanish evolyutsiyasi tarixiy-tahliliy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda milliy o’zlikni anglash jarayoni to’rt bosqichda tarixiy-etnik ildizlar, mustaqillik davridagi institutsionalashuv va zamonaviy globallashuv-integratsiya bosqichi ko’rib chiqilgan. O’zbekistonlik olimlarning (S. Otamurodov, B. Saparov, I. Xo’jamurodov, Sh. Madayeva, Z. Muminova va boshqalar) ilmiy ishlariga, tayangan holda, milliy va mintaqaviy identiklik o’rtasidagi murakkab munosabatni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida milliy o’zlikni mustahkamlash mintaqaviy integratsiyaga to’sqinlik qilmasligi, aksincha, har bir xalqning o’ziga xosligini hurmat qilgan holda amalga oshiriladigan hamkorlik barqaror natija berishi ko’rib chiqilgan. Maqola natijalari milliy identitetni fanlararo yondashuv asosida o‘rganish zarurligini asoslaydi.