QISHLOQ AYOLLARI HAYOTI VA IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR: SOVET DAVRIDAGI KOLLEKTIVLASHTIRISH TA’SIRI
Abstract
Mazkur maqolada sovet davrida amalga oshirilgan kollektivlashtirish siyosatining O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston qishloq ayollari hayotiga ko‘rsatgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy ta’siri tahlil etiladi. XX asrning 1930–1950-yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida ayollar mehnat jamoalarining faol ishtirokchisiga aylangan bo‘lsa-da, ular ko‘pincha ma’muriy bosim, patriarxal stereotiplar va gender tengsizlik sharoitida yashagan. Tadqiqotda kollektiv xo‘jaliklarda (kolxoz va sovxozlarda) ayollarning mehnat taqsimotidagi o‘rni, ularning ijtimoiy maqomi va oilaviy munosabatlardagi o‘zgarishlar arxiv hujjatlari, matbuot manbalari va zamondoshlarning xotiralari asosida yoritiladi. Shuningdek, maqolada ayollar savodxonligini oshirish, kasb-hunar o‘rganish va ijtimoiy hayotga faol jalb etish bo‘yicha olib borilgan siyosiy tashviqot ishlarining natijalari tahlil qilinadi. Natijada, kollektivlashtirish davri O‘zbekiston qishloq ayollari hayotida murakkab, ammo muhim ijtimoiy transformatsiya bosqichi sifatida baholanadi.